Maxfiylik bayonoti (Privacy Statement)
“Ipak Yo‘li: Ta’lim va Innovatsiyalar” ilmiy jurnali platformasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha mualliflar, taqrizchilar va o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi qat’iy himoyalanadi.
Rasmiy kafolat
Ushbu jurnal veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish va maqola topshirish chog‘ida kiritilgan ism-familiyalar, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari va ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqatgina ushbu jurnalning bevosita ilmiy faoliyati hamda nashriyot maqsadlari (taqrizlash jarayoni, muallif bilan aloqa, Crossref/DOI indeksatsiyasi) uchungina ishlatiladi. Ushbu ma’lumotlar aslo boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi va uchinchi shaxslarga yoki tijorat tashkilotlariga berilmaydi.
1. To‘planadigan ma’lumotlar turlari
Jurnal tizimida faoliyat olib borish davomida quyidagi ma’lumotlar qayta ishlanadi:
- Muallifning F.I.Sh. (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
- Ish yoki o‘qish joyi (tashkilot nomi, kafedra/laboratoriya, shahar, mamlakat);
- Ilmiy daraja va unvonlar (PhD, DSc, dotsent, professor);
- Aloqa uchun elektron pochta manzili va telefon raqami;
- Xalqaro ilmiy identifikatorlar (ORCID, Scopus Author ID, ResearcherID).
2. Maqola bilan birga ochiq e’lon qilinadigan ma’lumotlar
Xalqaro ilmiy bibliografik standartlarga (Crossref, Google Scholar, DOAJ) muvofiq, maqola chop etilganda muallifning ismi-familiyasi, ish joyi, ORCID identifikatori hamda aloqa uchun ko‘rsatilgan korrespondent elektron pochtasi maqola matnida va metadata sifatida ochiq e’lon qilinadi.
* Muallifning shaxsiy telefon raqamlari yoki parollari hech qachon ochiq sahifalarda ko‘rsatilmaydi.
3. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha huquqlari
Har bir ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
- O‘z shaxsiy profilidagi ma’lumotlarni istalgan vaqtda ko‘rish va tahrirlash;
- Tahririyat kotibiyatiga murojaat qilib, o‘z hisobini to‘xtatish yoki o‘chirishni so‘rash;
- Jurnal yangiliklari va e’lonlarini elektron pochtaga yuborishni to‘xtatish (obunani bekor qilish).
